Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça Oliy vakili Federika Mogerini «Tinçlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy şeriklik» mavzucida Afğoniston böyiça yuqori darajadagi Toşkent xalqaro konferensiyasida iştirok etiş uçun Özbekistonga keldi. 

ÖzA xabariga köra, Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Özbekiston Respublikasining rasmiy şaxslari kutib olgan. 

Mogerini Toşkentda markaziy osiyolik hamkasblari, Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston Taşqi işlar vazirlari bilan uçraşgan.

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan ötkazilayotgan Afğoniston böyiça yuqori darajadagi Toşkent xalqaro konferensiyasining asosiy tadbirlari 27 martga möljallangan.