«Tinçlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy şeriklik» mavzuida Afğoniston böyiça yuqori darajadagi Toşkent xalqaro konferensiyasi doirasida poytaxtimizda «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» formatida taşqi işlar vazirlarining navbatdagi uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Unda Qozoğiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Qayrat Abdraxmanov, Qirğiziston Respublikasi taşqi işlar vaziri Erlan Abdildayev, Tojikiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Sirojiddin Aslov, Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov, Turkmaniston taşqi işlar vaziri örinbosari Vepa Xadjiyev va Yevrokomissiya prezidenti örinbosari, Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça Oliy vakili Federika Mogerini mintaqalararo hamkorlikka oid dozarb masalalarni muhokama qildi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining taşqi siyosiy idoralari rahbarlari Yevropaning 2009 yilda YeIning mintaqamizga oid yangilangan strategiyasini işlab çiqiş va qabul qilişga doir rejasini ma'qulladi hamda Markaziy Osiyo davlatlarining mazkur jarayonda faol iştirok etişiga doimo tayyor ekanini bildirdi.
Uçraşuvda, şuningdek, mintaqada iqtisodiy, hududlararo yönalişlardagi hamkorlikni, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, ilmiy va ta'lim sohalaridagi aloqalarni rivojlantiriş istiqbollari haqida ham söz yuritildi.

Tadbirda Afğonistondagi ahvolni barqarorlaştiriş va poytaxtimizda ötkaziladigan «Tinçlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy şeriklik» mavzuidagi Toşkent konferensiyasi arafasida uşbu davlatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Xususan, Yevropa Ittifoqi tomonidan Markaziy Osiyo davlatlarining Afğonistonda tinçlik va barqarorlikni ta'minlaş, uni xududiy iqtisodiy va infratuzilma aloqalariga jalb qilişga doir sa'y-harakatlarini qöllab-quvvatlaşi böyiça fikr almaşildi.
Taşqi işlar vazirlarining navbatdagi uçraşuvini joriy yilning ikkinçi yarmida Bryussel şahrida ötkazişga qaror qilindi.












