Kemerovodagi savod markazida yuz bergan yonğin oqibatida yetmiş olti kişi jabrlandi. Bu haqda RIA Novosti favqulodda xizmatlardagi manbaga asosan xabar bermoqda.
Agentlikka oblast soğliqni saqlaş departamentidan aytişlariça, şifoxonada 14 nafar jabrlanuvçi qolmoqda, jumladan ikki bola. Ulardan olti nafarining ahvoli örtaça oğirlikda. Jabrlanuvçilarning aksariyati mahsulotlar yonişidan zaharlangan, qolganlarning yuqori nafas yöllari zarar körgan.
"Zimnyaya vişnya" tört qavatli savdo markazidagi yonğin 25 mart kuni röy berdi. Sönggi ma'lumotlarga köra, fojia oqibatida 64 kişi halok bölgan.
Bugun Kemerovoda yonğin oqibatida halok bölganlarning dafn marosimlari bölib ötmoqda, ular şahardagi törtta qabristonda dafn qilinadi.
Yonğin böyiça iş yuzasidan beş gumonlanuvçi qölga olindi. Ular orasida qöriqlaş xizmati xodimi ham bor, u, tergov ma'lumotlariga köra, yonğin haqida signal kelib tuşganida tizimni öçirib qöygan.












