Lyuksemburg hukumati Moskvadan öz elçisini maslahatlaşuvlar uçun çaqirtirib oliş haqida qaror qabul qildi. Bu haqda RTL xabar bermoqda.
Avvalroq Lyuksemburg taşqi işlar vaziri Jan Asselborn mamlakat Britaniyaning Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal zaharlanişi bilan boğliq iş tufayli rossiyalik diplomatlarni çiqarib yuboriş niyatida emasligini ma'lum qilgandi.
Eslatib ötamiz, 26 mart kuni AQŞ rossiyalik 60 nafar diplomatni çiqarib yuborişi haqida xabar qilindi. Fransiya, Germaniya hamda YeIning qator davlatlari ham şunday çoralar haqida ma'lum qilişdi. Keyinçalik uşbu davlatlarga Kanada va Avstraliya ham qöşildi.













