Terma jamoalar o‘rtasidagi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazildi.
Germaniya terma jamoasi Braziliyaga qarshi kuch sinashdi. "Olimpiyashtadion"da kechgan uchrashuv braziliyaliklarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yindagi yagona gol 37-daqiqada Gabriel Jyezus tomonidan kiritildi.
Angliya terma jamoasi esa "Uembli"da Italiya bilan bahs olib bordi. Uchrashuv 1:1 hisobdagi durang bilan yakunlandi.
26-daqiqada Vardining goli inglizlarni hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yinning asosiy daqiqasi tugashiga 3 daqiqa qolganda italiyaliklar penalti ishlab olishdi – uni Insine aniq amalga oshirib, jamoasiga durangni taqdim etdi.
Germaniya – Braziliya 0:1
Gol: 0:1 – 37 Gabriel Jyezus.
Germaniya – Trapp, Ryudiger, Boateng (Zyule, 68), Plattenxardt, Kimmix, Gyundogan (Verner, 81), Kroos, Gorettska (Brandt, 61), Draksler, Sane (Shtindl, 61), Gomes (Vagner, 62).
Braziliya – Alisson, Tiago Silva, Marselo, Dani Alves, Miranda, Paulino, Kazemiro, Villian, Fernandino, Koutino (Duglas Kosta, 73), Gabriel Jyezus.
Angliya – Italiya 1:1
Gollar: 1:0 – 26 Vardi, 1:1 – 87, penalti Insine.
Angliya – Batlend, Stounz (Xenderson, 73), Uoker, Tarkovski, Tripper (Rouz, 60), Yang, Lingard (Kuk, 71), Dayyer, Oksleyd-Chemberlen (Lallana, 60), Sterling, Vardi (Reshford, 70).
Italiya – Donnarumma, De Shilo, Rugani, Bonuchchi, Dzappakosta, Parolo, Jorjino, Kandreva (Keza, 56), Pellegrini (Galyardini, 79), Insine, Immobile (Belotti, 64).
Ogohlantirishlar: Oksleyd-Chemberlen (40), Uoker (72), Yang (83).
Qolgan o‘rtoqlik o‘yinlarida quyidagi natijalar qayd etildi:
Ruminiya – Shvetsiya 1:0
Gol: 1:0 – 57 Rotaryu.
Ruminiya – Teterushanu, Sepunaru, Toshka, Manya, Grigore (Nedelcharu, 83), Pintiliy, Marin (Anton, 70), Stanchu (Man, 87), Mitritse (Rotaryu, 54), Kipchu (Grozav, 61), Tsukudyan (Kesheryu, 63).
Shvetsiya – Yunsson, Xelander, Yansson, Larsson, Durmaz (Klasson, 83), Xult, Xilemark, Fransson (Larsson, 87), Sema, Gvidetti (Berg, 87), Telin (Toyvonen, 70).














