Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining odam savdosiga qarşi kuraşiş böyiça maxsus vakili va koordinatori Madina Djarbussinova boşçiligidagi delegatsiya a'zolari rasmiy taşrif doirasida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligiga taşrif buyurdilar. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar qilmoqda.
Mehmonlarni Odam savdosiga qarşi kuraşiş böyiça Respublika idoralararo komissiyasi raisi, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining birinçi örinbosari, general-mayor Davron Nazarmuhamedov qabul qilgan.
Uçraşuvda D.Nazarmuhamedov delegatsiya a'zolariga mamlakat içki işlar organlari tizimida olib borilayotgan islohotlar haqida sözlab berdi. U öz sözida mazkur islohot va özgarişlar respublika içki işlar organlari faoliyatida «Xalq manfaatlariga xizmat qiliş» tamoyili ustuvorligini ta'minlaşga qaratilganligini qayd etdi.
Şuningdek, mehmonlarga respublikadagi jinoyatçilik holati yuzasidan ma'lumot berildi. Xususan, Odam savdosiga qarşi kuraşiş böyiça Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan olib borilayotgan işlar natijasida, 2017 yilda odam savdosi bilan boğliq majburiy mehnatdan foydalaniş jinoyati 39,5 foizga, jinsiy ekspluatatsiya jinoyati 81,6 foizga kamayganligi ta'kidlandi. Şu örinda, odam savdosi jinoyatini oldini oliş maqsadida, aholi örtasida qator profilaktik tarğibot tadbirlari ötkazib borilayotgani aytildi.
Uçraşuv söngida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti hamda Odam savdosiga qarşi kuraşiş böyiça Respublika idoralararo komissiyasi bilan kelgusida ham özaro hamkorlikni davom ettirişga kelişildi.












