Braun universiteti mutaxassislari Harvard olimlari bilan birgalikda antibiotiklarning mutlaqo yangi toifasini işlab çiqişdi. Preparat metitsillin va boşqa dori vositalari ta'siriga çidamli bölgan stafilokokkni töliq yöq qilişga qodir. Nature jurnali şu haqida xabar berdi. 

Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, mavjud retinoid antibiotiklar tezkor ta'sirga ega bölib, ularga qarşilik körsatiş ehtimoli ham kam. Ta'kidlaş joizki, bunday preparatlarning bir salbiy tomoni bor: ular hujayralarda patalogik özgarişlarga olib kelişi va hatto ularni yöq qilişi ham mumkin.

Tadqiqotlar davomida ilmiy xodimlar faqatgina bakteriyalar membranalariga ta'sir qiluvçi antibiotiklar töplamini yiğişga muvaffaq bölişdi. Ular şuningdek eski infeksiyalarga qarşi ham samarali kuraşişi qayd etildi.

Zamonaviy tibbiyotda sönggi vaqtlarda superbakteriyalarning paydo böliş muammosi ança dolzarb. Bunday mikroblarga antibiotiklarning bir yoki bir neça turi ta'sir ötkaza olmaydi.

Çidamli patogenlar orasida noyob infeksiya qözğatuvçilar bilan bir qatorda keng tarqalgan va xavfli infeksiya qözğatuvçilar ham bor. Tillarang stafilokokk va  pnevmokokk ularning sirasiga kiradi. 

Şifokorlar tez orada barça antibiotiklar öz samarasini yöqotişidan va tibbiyotning "zulmat asri" boşlanişidan jiddiy xavotirdilar.