Bugun ertalab Tojikistonda birdaniga uçta yer silkinişi qayd etildi. Barça uçta holatda episentr Roğundan 7 km uzoqlikda joylaşgan edi.

Tojikiston Fanlar akademiyasi Geofizika xizmati ma'lumotlariga köra, ilk zilzila ertalab soat 3:54da röy bergan, uning kuçi episentrda 5 ballni taşkil etgan.

Zilzila markazi Duşanbe şahridan 102 kilometr şimoli-şarqda, Roğundan 7 kilometr şimoli-şarqda bölgan. Yer osti silkinişi markazida uning kuçi 5 ballni taşkil etdi, Duşanbeda 2-3 ballik yer silkinişi qayd etildi, Roğunda esa – 4 ball, deb xabar berdi Tojikiston Fanlar akademiyasining Geofizika xizmati.

Ikkinçi zilzila Tojikiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 4: 24da sodir böldi. Episentr öşa joyda bölgan, yer silkinişi markazida uning kuçi 4 ballni, Roğunda 3 ballni taşkil etgan. Duşanbeda bu yer osti silkinişi sezilmagan.

Uçinçi marta yer silkinişi soat 7:10da sodir böldi. Zilzila markazi öşa joyda qayd etildi - Duşanbedan 102 kilometr şimoli-şarqda, Roğundan 7 kilometr şimoli-şarqda. Yer osti silkinişi markazida uning kuçi 3-4 ballga teng böldi, Duşanbeda sezilmagan.

Şu bilan birga, Yevropa-Örta Yer dengizi seysmologiya markazining ma'lumotlariga köra, zilzila markazida uning kuçi 4,7ni taşkil etdi.

Yer silkinişi episentri Duşanbedan 120 kilometr şarqda, Möminoboddan 69 kilometr şimolda va Roğundan 7 kilometr şimoli-şarqda bölgan hamda 15 kilometrlik yer tubida joylaşgan.

Qurbonlar va vayronalar yöq.