2018 yilning 27 mart kuni Qirğizistonning Jalolobod viloyati Ola-Böka tumani Beş-Toş qişloğida Ola-Böka çegara otryadi çegaraçilari Qirğiziston Respublikasi Davlat milliy xavfsizlik qömitasi hududiy bölinmasi xodimlari bilan birgalikda Qirğizistonning beş nafari fuqarosini qölga olişdi. Bu haqda Qirğiziston çegara xizmati xabar berdi.

Dastlab, Qirğizistonning ikki fuqarosi uşlandi, ularning yonidan 12 mm kalibrdagi 1ta vintovka (soyli miltik), 1ta TOZ-8 vintovkasi, 3ta qölbola patron va 1ta zavodda işlab çiqarilgan patron topildi. Şu bilan birga, qölga olingan şaxslarning yonida qurol uçun ruxsat beruvçi hujjatlar bölmagan. Qölga olinganlarning sözlariga köra, ular Beş-Toş qişloğiga baliq ovlaş maqsadida kelgan.

Oradan bir soat ötib çegaraçilar Qirğiziston fuqarolaridan iborat boşqa bir guruhni qölga oldilar, ularning yonidan ham 12 mm kalibrlik SARSILMAZ 1ta beş zaryadli vintovka, 25ta zavodda işlab çiqarilgan patron va 4ta qölbola patron topilgan. Qölga olinganlardan uç nafarining ma'lum qilişiça, ular ovga çiqqan, biroq ölja ham, qurol uçun ruxsatnomalari ham bölmagan.

Tegişli hujjatlar rasmiylaştirilganidan söng qölga olingan şaxslar va ularning qurol-yaroğlari Davlat milliy xavfsizlik qömitasi hududiy bölinmasi xodimlariga topşirilgan.