31 mart kuni Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov raisligida ötkazilgan selektor yiğilişida ötgan yilda obekt rahbarlari e'tiborsizligi tufayli turli majmualarda 139ta yonğin sodir bölgani ma'lum qilindi. Yiğiliş kun tartibida «Savdo-köngiloçar va odamlar köp töplanadigan boşqa majmualarda yonğin bilan boğliq va boşqa turdagi favqulodda vaziyatlarni oldini oliş holati hamda belgilangan profilaktika tadbirlarini amalga oşiriş böyiça rahbar xodimlarning şaxsiy mas'uliyatini oşiriş haqida»gi masala körildi, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.
Unda söz olgan IIV Yonğin xavfsizligi boş boşqarmasi boşliği Sanjar Zufarov tahliliga köra, mamlakatda 2017 yil davomida, odamlar köp töplanadigan obektlarda 139ta yonğinlar sodir bölib, 1 nafar fuqaro halok bölgani va 4 nafar kişi turli darajadagi kuyiş tan jarohati olgani va katta miqdorda moddiy zarar körilgani haqida ma'lumot berdi.
«Uşbu yonğinlarning 45tasi ma'muriy binolarda, 16tasi supermarket va boşqa savdo majmualarida, 15tasi öquv muassasalarida, 23tasi bozorlarda qolgan 40dan ortiq yonğinlar, temir yöl vokzallari, davolaş muassasalari, sixatgohlar, mehmonxona va yotoqxonalarda sodir bölgan. Yuqoridagi yonğin holatlari asosan obekt rahbarlarining davlat yonğin nazorati organlari tomonidan taqdim etilgan yozma körsatma talablarini öz vaqtida bartaraf etmasligi hamda yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmasligi tufayli kelib çiqqan.
Respublikadagi ijtimoiy soha obektlarining boşqaruv organlari tomonidan maqsadli mablağlar ajratilmasligi oqibatida davlat yonğin nazorati organlarining yozma körsatmalaridagi yonğinlarni oldini olişga qaratilgan tadbirlar bajarilmasdan qolmoqda», deb ma'lumot berdi Sanjar Zufarov.













