Xiaomi kompaniyasi özining Amazfit Smart Sports Watch 2 soatlari taqdimotini ötkazdi. "Aqlli" soatlar sport bilan şuğullanuvçi va faol turmuş tarziga rioya qiluvçi kişilar uçun ayni muddao. Qurilma sotuvlariga start berildi.

Ma'lumotlarga köra, Xiaomi Amazfit Smart Sports Watch 2 displeyi yoqut şişa bilan himoyalangan. Qolgan qismi zanglamaydigan 316L pölatdan işlangan mustahkam korpus bilan qoplangan. Şu tariqa işlab çiqaruvçilar IP68 standartiga muvofiq nam va çangdan himoyalanişga erişişgan.

Qurilmani turli iş rejimlariga sozlaş mumkin. U foydalanuvçiga 11 turli sport şablonini taqdim eta oladi. Devaysni şu tariqa yuguriş, suziş, triatlon, alpinizm, piyoda sayr qiliş va boşqalarga sozlaş mumkin. Şuningdek qulaylik uçun soatlarning apparat platformasiga GPS-moduli kiritilgan.

Amazfit Smart Sports Watch 2 me'yoriy rejimda qöllanilsa, uning batareyasi zaryadi taxminan 5 kunga yetadi. Qurilmadan faol foydalanilganda esa uning akkumulyatori 35 soatgaça işlaydi.












