Fransiyaning «Pari Sen-Jyermen» klubi himoyaçisi Dani Alves futbol tarixidagi eng sovrindor futbolçiga aylandi. Bu haqda MisterChip statistik tvitter akkaunti xabar tarqatdi.
31 mart kuni Alves parijliklar bilan birga Fransiya liga kubogida zafar quçdi. Finalda poytaxt jamoasi «Monako»dan 3:0 hisobida ustun keldi. Bu esa Alvesning professional futbolçi sifatida rasmiy 36-sovrini böldi. Natijada u 35tadan sovrin yutgan britaniyalik Kenni Dalgliş va Rayan Giggzni ortda qoldirdi.
Braziliyalik futbolçi «PSJ» safida 2017 yildan buyon töp surib kelmoqda. Bungaça u «Yuventus» va «Barselona» jamoalarida töp surgan, ayniqsa Kataloniyada u köplab sovrinlarni qölga kiritgan. Alves olti karra Ispaniya çempioni, karra Ispaniya Kubogi va Superkubogi sohibi sanaladi. Bundan taşqari uç karra Yevropa çempionlar ligasi, UYeFA superkubogi va klublar örtasidagi JÇda ğolib çiqqan.
34 yoşli futbolçi Braziliya terma jamoasi bilan Amerika Kubogida va ikki marta Konfederatsiyalar kubogida zafar quçgan.











