Namangan şahridagi Alişer Navoiy köçasida joylaşgan “Şodlik” savdo markazida “Yonğin bilan boğliq favqulodda vaziyatlar sodir bölganda aholini töğri xarakat qilişga örgatiş” mavzusida maxsus-taktik öquv maşqi ötkazildi.

Ma'lumki, Rossiyaning Kemerovo viloyatidagi köngiloçar majmuada sodir bölgan yonğinning oğir oqibatlari haqida bugun barça ogoh böldi. Bu kabi holatlarni Özbekistonda takrorlanişiga yöl qöymaslikdan közlangan maqsad ham fuqarolar xavfsizligi, tadbirkorlarning mol-mulkini himoya qilişdan iboratdir.

Namangan viloyati içki işlar, favqulodda vaziyatlar, yonğin xavfsizligi hamda soğliqni saqlaş boşqarmalari hamkorligida taşkil etilgan yonğin öçiriş amaliy taktik maşqidan közlangan maqsad ham fuqarolar xavfsizligini ta'minlaş, yonğin yoki boşqa noxuş holatlarda sohaviy xizmat xodimlarining birgalikdagi harakatlarini muvofiqlaştirişga qaratildi.

Maşqlarga turli xizmatlarning 100 dan ortiq xodimi, 10 dan oşiq maxsus texnika jalb etildi. Maxsus-taktik öquv maşqi davomida şartli ravişda majmuada yonğin kelib çiqqanidan keyin xaridorlar va savdo markazi xodimlarini evakuatsiya qiliş, yonğinni öçiriş hamda jabrlanganlarga birinçi tibbiy yordam körsatiş böyiça amaliy harakatlar amalga oşirildi. Şuningdek, maşqlarda fuqarolar va savdo markazlari xodimlarini evakuatsiya qiliş, doimiy tayyorgarlikdagi xizmatlarga tezkor xabar beriş sxemalari işlab çiqildi.

Savdo markazining barça qavatlaridagi hamda asosiy taşqariga çiqiş-qutqariş yöllari körsatkiçlar bilan jihozlandi. Birinçi tibbiy yordam körsatiş uçun dori-darmon qutilari töliq holga keltirildi. Savdo markazining mas'ul şaxslariga qöşimça yöriqnoma va körsatmalar berildi. Bunday öquv maşğuloti şaharning sergavjum “Sardoba” dahasida joylaşgan “Mega polis” savdo markazida ham taşkil etildi.