Toşkent köçalaridan biriga Çingiz Aytmatov nomi berildi
|22:20 / 02.04.20186 9456 min
Foto: azərtacFoto: azərtac
Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Buyuk adib va jamoat arbobi Çingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nişonlaş töğrisida»gi qarori imzolandi. Hujjat matni ÖzAda keltirilgan.
Buyuk adib va jamoat arbobi Çingiz Aytmatov nafaqat qirğiz eli, ayni paytda, butun turkiy mamlakatlar, jumladan, özbek xalqi uçun ham aziz va qadrli siymo, Özbekistonning ulkan dösti edi.
Çingiz Aytmatov mintaqamiz tinçligi va osoyiştaligi, uning kelajagi va ravnaqi, xalqlarimiz örtasida döstlik va hamjihatlikni mustahkamlaş, ularni turli ziddiyat va qarama-qarşiliklardan asraş yölida fidokorona faoliyat olib bordi.
Ötgan asrning 80-yillarida sobiq Markaz tomonidan uyuştirilgan «özbek işi», «paxta işi» kabi nohaq siyosiy kampaniyalar çoğida Çingiz Aytmatovning adolat va haqiqat kuyçisi sifatida xalqimizning şa'ni va obro‘-e'tiborini katta minbarlardan turib mardona himoya qilganini el-yurtimiz hamişa minnatdorlik bilan eslaydi. Betakror ijodkorning davlatimiz tomonidan «Döstlik» va «Buyuk xizmatlari uçun» ordenlari bilan taqdirlangani ham şundan dalolat beradi.
Atoqli adib özbek adabiyoti va san'atining yirik namoyandalari bilan yaqin döst va ijodiy hamkor bölgani yoş adiblarimiz uçun yuksak ibrat namunasidir.
Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi munosabatlar tarixida yangi davr boşlangan hozirgi paytda Çingiz Aytmatovning ölmas badiiy merosi xalqlarimiz uçun yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uning gumanizm va ezgulik ğoyalarini, milliy va umumbaşariy qadriyatlar, turli millatlar va elatlar örtasida özaro hurmat va hamjihatlik riştalarini mustahkamlaşga qaratilgan barkamol asarlari mamlakatimizda millionlab nusxalarda naşr etilmoqda. Özbekiston Milliy universitetida taşkil etilgan «Çingiz Aytmatov va Özbekiston» doimiy ekspozitsiyasi faoliyat körsatmoqda.
Özining noyob iste'dodi va jöşqin ijtimoiy faoliyati bilan xalqlarimiz örtasida döstlik va hamkorlikni, adabiy-madaniy aloqalarimizni rivojlantiriş işiga qöşgan ulkan hissasini inobatga olib hamda tavalludining 90 yilligini munosib nişonlaş maqsadida:
1. Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Taşqi işlar vazirligi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Özbekiston Fanlar akademiyasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstlik aloqalari qömitasi, Özbekiston yoşlar ittifoqi va jamoatçilik vakillarining buyuk adib va jamoat arbobi Çingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini mamlakatimiz miqyosida keng nişonlaş töğrisidagi takliflari ma'qullansin.
Mavzuga oid
2. Buyuk adib va jamoat arbobi Çingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini nişonlaş böyiça taşkiliy qömita (keyingi örinlarda Taşkiliy qömita deb ataladi) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Taşkiliy qömita bir oy muddatda Çingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini yuqori saviyada nişonlaş böyiça tegişli çora-tadbirlar rejasini işlab çiqsin.
Uşbu çora-tadbirlar rejasida:
«Çingiz Aytmatov va Özbekiston» nomli xotira kitobini naşrga tayyorlaş va çop etiş;
Çingiz Aytmatov hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratiş;
yozuvçi asarlari asosida yangi spektakl sahnalaştiriş va badiiy film suratga oliş;
Çingiz Aytmatov xotirasini abadiylaştiriş maqsadida Toşkent şahrining markaziy köçalaridan biriga adib nomini beriş;
Toşkent viloyati Parkent tumanidagi 33-maktabda adib byustini örnatiş;
Özbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Taşqi işlar vazirligi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstlik aloqalari qömitasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan hamkorlikda «Çingiz Aytmatov va özbek adabiyoti» mavzusida ilmiy konferensiya ötkaziş;
mamlakatimizdagi oliy va örta maxsus, kasb-hunar, umumiy örta ta'lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli şoir va yozuvçilar, olimlar iştirokida uçraşuvlar, adabiy keçalar taşkil etiş;
2018 yil dekabr oyining ikkinçi ön kunligida Özbek Milliy akademik drama teatrida atoqli adib xotirasiga bağişlangan ijodiy keça ötkaziş tadbirlari közda tutilsin.
4. Özbekiston Milliy axborot agentligi, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, «Jahon» axborot agentligi va boşqa ommaviy axborot vositalariga Çingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini nişonlaş bilan boğliq tadbirlarni keng yoritiş tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.Aripov, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi X.Sultonov zimmasiga yuklansin.