Biz bu safar adabiyot afsonasi, qardoş qirğiz xalqining buyuk vakili Çingiz Aytmatov ijodi bilan “Beş daqiqa”mizni ötkazamiz.

Aytmatovning “Kassandra tamğasi” yoxud özbek tiliga “Oxirzamon nişonalari” deya tarjima qilingan murakkab romani öz vaqtida ham, bugun ham jiddiy bahs-munozaralarga, şov-şuvlarga sabab bölib kelmoqda.

Roman voqealari özini fazoviy rohib Filofey deb atay boşlagan, ya’ni Andrey Krilsov atrofida sodir böladi. U ilmga, ayniqsa, inson hayotining boşlaniş sirlariga jiddiy qiziqib qoladi. Meditsina va genetika sohasida yuksak natijalarga erişgan olim insoniylik va ilmiy yovuzlik örtasidagi çegarani yöqotadi.

U mahkuma ayollar baçadonida ota-onasi yöq, irsiy boğliqlikdan mutlaqo xoli “ikszurriyot”lar yetiştiriş dasturini yaratadi. Hokimiyat bunday odamlarni “yangi tipdagi inson” sifatida köradi. Yangi bir jamiyat quriş vositasi deb baholaydi. Ammo bu tajribalarning insoniy qiymati haqida öylaganlarning barçasi olimdan yuz ögirişadi.

“Kassandra tamğasi” nima?

Krilsov kosmosda yolğiz qolib, tibbiy tadqiqot olib borar ekan, ulkan kaşfiyot qiladi – “Kassandra tamğasi”ni işga tuşiradi. Unga köra, homiladorlikning dastlabki haftalarida ba’zi ayollarning peşonasida paydo böladigan doğ – aslida tuğilajak bolaning taqdiri yomon keçişidan darak beradi. Bunday homilalar göyoki “men tuğilmaslikni xohlayman” degandek signal yuboradi.

Filofey bu belgini butun jahonga oşkor qilib, tuğilişidanoq yovuzlik yöliga kirişi aniq bölgan çaqaloqlar haqida ogohlantiradi. Buning ortidan ommaviy vahima, siyosiy bosim, namoyişlar boşlanadi. Unga homiylik qilgan amerikalik futurolog olim ham olomon tomonidan yöq qilinadi.

Yaratguvçining çegarasiga yaqin borişga uriniladi

Asar qahramoni Filofey “Stalin va Gitlerlar oxirzamonni tezlaştirib yubordi. Mana şunday insonlarni tuğilmasidanoq yöq qiliş lozim”, degan mazmunda Rim papasiga maktub yozadi.

Asarda bu kaşfiyotning ma’naviy-axloqiy bahsli tomonlari köp. Agar tuğilişidan oldin taqdiri yomon bölişi aniq bölsa, bolani dunyoga keltirmaslik töğrimi? Bu savolga yozuvçi ham aniq javob bermaydi – qarorni öquvçining öziga havola qiladi.

Filofey uşbu ixtirosi bilan insoniyatni ikkiga bölib qöyadi.