Boliviya janubida 6,8 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Globo portali xabar bermoqda.
AQŞ geologik xizmati ma'lumotlariga köra, zilzila öçoği Karandaiti aholi punktidan 10-13 km şimol tomonda, 557 km çuqurlikda bölgan.
Zilzila kuçi qöşni Braziliyaning bir neçta şahrida, jumladan, San-Paulu va poytaxt Braziliada sezilgan. Şu sababli turar-joy va ma'muriy binolardan odamlar evakuatsiya qilingan.
Ayni vaqtda yetkazilgan ziyon kölami aniqlanmagan, jabrlanuvçilar haqida ma'lumot yöq.












