«Tribuna» Ispaniya çempionatining 30-turining asosiy öyinlariga e'tibor qaratadi.
Sevilyadagi xaloskorlik
«Sevilya» - «Barselona» - 2:2 (1:0)
Gollar: Vaskes, 36 (1:0). Muriel, 50 (2:0). Luis Suares, 88 (2:1). Messi, 89 (2:2)
«Sevilya»: Riko, Merkado (Layun, 46), Langle, Ker, Eskudero, Banega, N`Zonzi, Vaskes, Korrea (Pisarro, 72), Xesus Navas (Nolito, 81), Muriel.
«Barselona»: ter Ştegen, Serxi Roberto, Pike, Yumtiti, Jordi Alba, Paulinyu (Suares, 77), Rakitiç, Inesta (Pako Alkaser, 81), Dembele (Messi, 58), Luis Suares, Filippe Koutinyu.
«Barselona» Sevilyaga ğalaba uçun kelgan jamoadek körinmasdi. FIFA kunlaridan keyin toliqqan ba'zi futbolçilarga dam berilgan, kiçik jarohati bor Messi ham zaxirada qolgandi. U joriy mavsumda törtinçi marta zaxirada qoldirilgandi (2 öyin primerada va yana ikki öyin Çempionlar ligasida). Maydon egalari esa birinçi daqiqalardanoq bor kuç bilan ğalaba uçun harakat qila boşlaşdi. Ikki bölimda ham bittadan gol urib olgan «Sevilya» himoyaga yotmadi va yana gol urişga harakatni davom ettirdi.

Valverde esa uçinçi golni ötkazişga rozi bölmadi va bir soatga yaqin vaqt davomida zaxira örindiğida xömrayib ötirgan Messini maydonga taşladi.

Öyindan keyin uning iqror bölganidek, endi maydonda boşqa «Barselona» harakat qilardi.
Argentinalik futbolçi öyinni butunlay özgartirdi, katalonlar endi özgaça iştiyoq bilan harakat qilişardi. 87-daqiqada Suares hisobni qisqartiruvçi golni urdi, jamoa tinim bilmay oldinga intildi va ikki daqiqa ötib Leo sevilyaliklar darvozasiga yubiley - 30-golini urdi - 2:2.

«Barselona»ning Ispaniya çempionatidagi mağlubiyatsiz seriyasi 37 öyinga yetdi, «Real Sosedad»ning ötgan asrda örnatilgan (1980 yilda, 38 öyin) rekordini yangilaş uçun yana ikki öyinda mağlub bölmaslik kifoya.

















