Namangan viloyati Töraqörğon tumanida barpo etilayotgan issiqlik elektr stansiyasining işga tuşişini nafaqat namanganliklar, balki Farğona viloyati aholisi ham sabrsizlik bilan kutmoqda. Çunki mazkur energetika inşooti mintaqada elektr ta'minotidagi muammolarga barham beriş bilan birga, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlaniş, hayot farovonligi, turmuş madaniyatining yuksalişiga xizmat qiladi. Keyingi paytda odamlar orasida “Töraqörğon IESda nima gap? IES qurilişi töxtab qolgan şekilli? IES qaçon işga tuşar ekan?” qabilidagi savollar köpaymoqda.
“Özdavenergonazorat” inspeksiyasi Namangan hududiy bölimi inspektori Şerzod Hojiyevning ÖzAga ma'lum qilişiça, Özbekiston energetika tizimini rivojlantiriş yölidagi mazkur muhim loyiha böyiça bunyodkorlik işlari izçil davom etmoqda. “Özbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi buyurtmasi asosida bunyod etilayotgan mazkur stansiyaning umumiy loyiha qiymati 1 milliard 195 million 870 ming AQŞ dollarga teng.
Hozirgaça bu yerda obektgaça bölgan yöl va kommunikatsiya tarmoqlari, direksiya ma'muriyati uçun ikki qavatli bino, yonğin xavfsizligi xizmati inşootlari, soatiga 120 kub metr işlab çiqariş quvvatiga ega bölgan beton zavodi va boşqa köplab yordamçi xöjalik inşootlari qurilgan. Bundan taşqari IES da işlovçilar uçun qurilayotgan tört qavatli ikkita turar-joy binosida pardozlaş işlari olib borilmoqda. Quriliş-montaj işlariga 800 işçi va 44 maxsus texnika jalb etilgan.
Issiqlik elektr stansiyasi qurilişini investitsiya dasturi asosida moliyalaştiriş böyiça ötkazilgan tender tanlovlari natijalariga köra, loyihaga konsalting xizmati körsatiş Yaponiyaning “TEPSKO” kompaniyasi tomonidan amalga oşiriladi. Uşbu kompaniya bilan 18 million 338 ming AQŞ dollarilik şartnoma imzolangan. Şuningdek, xalqaro tenderda Yaponiyaning “Mitsubihi Corporation”,”Mitsubishi Hitachi Power Systems” konsortsumi boş pudratçi sifatida ğolib deb topildi. Uşbu kompaniya bilan 749,43 million AQŞ dollarlik şartnoma imzolangan. 2017 yilning 1 yanvaridan boşlab yordamçi pudratçi – Turkiyaning “SaIik Enerji” kompaniyasi muhandis-texnik mutaxassislari ham quriliş-montaj işlarida faol iştirok etayotir.
Issiqlik elektr stansiyasining 1-energobloki 2019 yilning dekabr oyida işga tuşiriladi. 2-energoblok va stansiyaning töliq işga tuşirilişi 2020 yilning mart oyiga rejalaştirilgan.












