Rossiyadagi eng yirik taksi xizmatlaridan biri «Yandeks. Taksi» Özbekistonda iş boşladi.

Özbekistonlik foydalanuvçilar App Store va Google Play’dan «Yandeks. Taksi» ilovasini yuklab olişlari hamda öz profillarini taşkil qilişlari mumkin. Ayni damda servisdan Toşkentda foydalaniş imkoni bor.

Tizimda hozir 10ta hamkor-taksoparkdan bölgan 200dan ortiq avtomobillar bor. Kutilişiça, yaqin vaqt içida maşinalar soni ortadi.

«Yandeks. Taksi» servisi Özbekistondan bölgan foydalanuvçilarga «Ekonom» tarifini taklif etmoqda. Safar uçun minimal narx 3 kilometrga 2 ming sömga teng. Keyinçalik har bir kilometr uçun 1 ming söm olinadi. Şu bilan birga, şahar taşqarisidagi harakatlaniş bir kilometrga 1,5 ming sömni taşkil qiladi.

Foydalanuvçilar hozirça plastik kartani servisga boğlaş imkoniga ega emaslar, biroq ular bonuslar olişi mumkin. Servis vakillarining bildirişiça, yaqin vaqt içida tölovni plastik kartalar va tölov tizimidan foydalangan holda amalga oşiriş imkoni paydo böladi.