Yaqinda Toşkentda taksi haydovçisi va yölovçi örtasidagi mojaro jiddiy tus olib, haydovçining kaltaklanişi va unga kuç işlatgan şaxsning qamoqqa olinişi bilan yakunlandi. Bu holat taksi haydovçilarining iş jarayonidagi xavfsizligi va yölovçilar bilan munosabat masalasini yana bir bor kun tartibiga çiqardi. Kun.uz poytaxtdagi taksi haydovçilaridan ular duç kelayotgan muammolar haqida söradi.

Taksi haydovçisi va yölovçi örtasidagi kelişmovçiliklar har doim ham yöl haqi yoki manzil bilan boğliq bölmaydi. Haydovçilarning aytişiça, maşinada belgilanganidan ortiq yölovçi olib ketiş, bolalarning nazoratsiz qolişi, salonda ovqatlaniş va çekiş, şuningdek, mast yölovçilar bilan boğliq holatlar ular uçun eng köp uçraydigan muammolardan.

  • “Masalan, keça olti kişi çiqişdi maşinaga “men özim javob beraman” deydi. Jarima borligini aytsam tuşunişmayapti, men jarima tölaşim ham ularga qiziqmas”.
  • “Yölovçida muomala bölsa, haydovçidayam muomala böladi. Maşinani toza tutiş kerak, narsa yeb-içib çiqindini taşlab ketişadi”.
  • “Ayol kişi bolalari bilan çiqadi. Bola töpolon qiladi tuşunarli. Lekin ular telefon bilan band bölib ötirişadi. Bola şöx, qaraş kerak. Eşikni oçib yuboradigan bölsa, bolaga nimadir bölsa haydovçi aybdor böladi. Bizda masʼuliyat oğir. Biz bolaga qaraylikmi yoki yölga qaraylikmi? Öşa paytda bolaga qaraş kerakligini aytsangiz ularga yoqmaydi, jahli çiqadi”.
  • “Baʼzilar özidan juda “osmon” yasab olgan böladi. Şundan muammo çiqadi hamişa”.
  • “Men A nuqtadan B nuqtaga mijozni ehtiyot qilib olib borib qöyapman. Böldi, mening vazifam şu. Unga ortiqça nimadir qilib beriş majburiyatiga ega emasman. “Pulingni tölab qöyapman” deb janjal kötaradiganlar juda köp böladi. Şu narsa taksistlarda köp uçraydigan holat”.
  • “Köpçilik taksida yuriş madaniyatini bilmaydi, özimizda hali bu madaniyat rivojlanmagan. Maşinada ovqat yeb ketadiganlar bor. Bu juda xunuk holat, baʼzilar çiqadi şaşlik yeydi, sigaret çekadi. Bu undan keyin çiqadigan mijoz uçun yoqimsiz holat”.
  • “Manzilni aytişadi narxini talaşib-tortişib, keyin masofadan aldaydi. Bunaqa nohaqliklar juda köp, şuning uçun 80 foiz şofyorlarning asabi tarang. Mast odamlar çiqadi – pul berib ham tuşira olmaysiz”.