Astronomlar xalqaro guruhi Yerdan eng olis joylaşgan yakka yulduzni oçişdi. Bu yulduz yerdan 9 mlrd yoruğlik yiliga teng uzoqlikda joylaşgan. Yulduzning oçilgani haqidagi xabar Jyeneva universiteti saytida joylaştirilgan.
Ta'kidlanişiça, yulduz Hubble teleskopi yordamida kuzatuvlar olib borilayotganda “gravitatsion linza effekti” evaziga topilgan. Yulduzning nurini kuçaytirgan va uni teleskopda körişga imkon bergan linza rolini Yerdan 5 mlrd yoruğlik yili uzoqligida joylaşgan MACS J1149+2223 galaktikalar tödasi öynagan. Topilgan yulduz moviy supergigant bölib, Quyoşdan 100 ming marta yorqinroqdir. Olimlar unga Ikar deb nom berişdi.
Minnesota universiteti mutaxassisi Patrik Kellining aytişiça, bu yulduz öta yangi yulduzlar portlaşlaridan taşqari, hozirgaça örganilgan eng olis yulduzlardan kamida 100 marta olisroq joylaşgan.
Jyeneva universitetida ta'kidlanişiça, bu kaşfiyot olis joylaşgan yakka yulduzlarni örganişning yangi bosqiçi boşlanganini anglatadi.












