Suriya va Iroqda IŞID terrorçilik guruhi tor-mor etilganidan söng, jinoiy tuzilmalar a'zolari boşqa mintaqalarga ötmoqda, bu transçegaraviy jinoyatçilikning rivojlanişiga turtki bermoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu ma'lum qildi.

"IŞID tor-mor etilganidan söng, Suriya va Iroqdagi jinoiy tuzilmalar a'zolari boşqa mintaqalarga ötmoqda, Afrikada terrorçilik faolligi oşmoqda, radikallar Osiyo hamda Yevropaga qaytmoqda. Şu tariqa, transçegaraviy jinoyatçilik köpaymoqda", - deya aytib ötdi Şoygu Xalqaro xavfsizlik böyiça VII Moskva konferensiyasida.

Uning sözlariga köra, butun dunyo böylab ekstremistik va ayirmaçilik harakatlari uçun asos paydo bölyapti.

Şuningdek, Şoyguning sözlariga köra, Afğonistonda ayni damda IŞID terrorçilik guruhining 4,5 ming jangarisi bor, ular soni ortib bormoqda.

"Afğoniston nafaqat IŞID jangarilari, balki boşqa terrorçilik taşkilotlari uçun ham boşpanaga aylanişi mumkin. Ular şu yerdan butun yevroosiyo qit'asiga tarqaladi. Bugungi kunda Afğonistonda IŞIDning taxminan 4,5 ming jangarisi bor, ularning soni doimiy ravişda ösib boryapti", - dedi u.