Bir tanişimning “Bahor kelsa, gullar va qizlar oçiladi”, degan beöxşov hazili bor. Ammo şu hazilning tagida zil borligini tan olmasdan boşqa ilojimiz yöq. Mana, kunlar isiy boşlayotgan bir paytda yana könglimizda qizlar liboslarining “qora piar”i boşlanib qoladi, degan hadik bor. Sababi sir emas: yoz böyi köplab ijtimoiy tarmoqlarning suhbat (ğiybat demadik!) mavzusi qizlar, qizlar va yana qizlar (onda-sonda ayollar ham) va ularning kiyinişi bölib qoladi. Şu bois hali “start” berilmay turib, “finiş” tugmasini bosgim kelyapti: “Aziz va muhtarama xotin-qizlar, siz hamişa gözalsiz! Uzun köylak kiysangiz ham, qora soçda yursangiz ham. Iltimos, köylagingizni etagiyu yengidan mosuvo qilmang. Tunday qaro soçingizga rahm qilib, beçorani sarğaytirmang”.

Bu gaplarni öqib, baribir, ensasini qotiradigan “modnitsa”lar bor. Şularga aytadiganim: Prezidentimiz Turkmanistonga safar qilganlarida oynai jahon orqali şu xalq ayollari haqida ham köp va xöp ma'lumotlarga ega böldik. Şunda rahmatli Oxunjon Madaliyevning orzusini tuşundik: “Uzun köylak turkman qizga uylanaman”. Çindan ham, turkman ayollari 21-asrda ha, ha, siz aytayotgan zamonaviy asrda uzun etakli köylaku peşonadan boğlangan römoldan or qilişmas ekan? Eh, biram yaraşib turibdiki, iç-içimdan bir töfon qözğalib kelaverdi: “Bizning qizlar şundaymidi?”. Mustabid tuzumning asorati desak, bir bizmizmi bu tuzumda yaşagan? Yöq, sabablarini men aytmasam ham özingiz bilib turibsiz. Ammo endi töxtaş kerak! Öylaş kerak! Yeçiniş emas, kiyiniş kerak! (Ma'zur tuting, biroz oşirib yubordim çoği).

Endi Turkmanistondan qaytib, Tojikistonga qarang. Yaqinda KUN.UZ tahririyati muxbirlari safarga borib, şu davlatning qoq yuragi bölgan Duşanbe şahrida yaşayotgan qizlar bilan ham suhbatlaşişgan va ularning ayrim suratlari saytda e'lon qilindi. Xöş, kördingizmi ularni? Nima deysiz? Keçirasizu, ularning heç biri “aybğina”sini yaşiriş uçun keng köylaku, rumol öraşmaganiga aminman. Bu yerda uyat, hayo va axloq qoidalari borasida öylaş muhim.

Şu örinda köz oldimda sodir bölgan bir voqea esimga tuşdi. Öşanda biz u xonadonda mehmon edik. Oilaning böy yetgan qizi şoşa-pişa öqişga jönayotgan edi: egnida tikuvçi yeng tikişni unutgan köylak. Şunda otaning qiziga bir nigohi tuşdiyu, közini yerga tikdi va qahr bilan öğliga yuzlandi: “Öğlim, singling şu ahvolda köçaga çiqayaptiyu, sen telefon öynab ötiribsanmi?” Hali singlisining kiyimiga qaramagan aka unga bir köz taşladiyu, otasiga javob berdi: “Ota, siz ham tuşuning-da, hozir zamonaviy qizlarning hammasi şunday kiyinadi. Gap kiyimda emas, köngilda ota. Töğri yursa, böldi-da”. Şunda ota öğlining quloq-çakkasiga şapaloq tuşirdi. Öğil hayron bölib, sakrab örnidan turdiyu, otasining malomatlari ostida qoldi...