3 aprelda Kaliforniyaning San Bruno şahri politsiyasi YouTube videoxizmati boş qarorgohida otişma sodir bölgani va uning oqibatida 4 kişi yaralangani hamda bir kişi halok bölganini ma'lum qildi.
“Hammasi bölib 4 jabrlanuvçi bor, ular öqotar jarohatlar bilan şifoxonaga yuborilganlar va binoda halok bölgan bir kişi bor””, deb aytgan politsiya boşliği Ed Barberini.
San-Frantsiskodagi şifoxona vakili u yerga 3 kişi yetkazilganini ma'lum qilgan.
Politsiya ma'lumotlariga köra, otişmani ayol kişi sodir etgan va u bir özi bölgan. Ta'kidlanişiça, ayol ölgan.
Ayolning şaxsi örnatilmagan. Guvohlarning aytişiça, u qora rangdagi kiyimda bölgan va binoga orqa eşikdan kirgan. Ularning ta'kidlaşiça, şundan keyin kamida 20 ta öq ovozi eşitilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, otişma içki nizo sababli yuz bergan va terrorçilik bilan boğlanmagan.












