Şu yilning 30-31 mart kunlari Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari qömondonligi tomonidan OAV vakillari uçun media-tur taşkil etildi. Undan közlangan maqsad, Özbekiston sarhadlarini qöriqlaş, mamlakatdagi tinçlik-osoyiştalikni ta'minlaşda çegaraçilar xizmati qançalik salmoqli ekani, qolaversa jurnalistlarni çegarani qöriqlaşdagi öziga xosliklardan xabardor etiş edi. Uşbu sayohatda Kun.uz muxbiri ham iştirok etib, çegarani qöriqlaş qançalik mas'uliyatli, şu bilan birga, maşaqqatli vazifa ekaniga işonç hosil qildi. 

18 kişidan iborat jurnalistlar guruhi 30 mart kuni Toşkent viloyatidagi Ğiştköprik çegara maskani faoliyati bilan tanişgaç, Çirçiq harbiy aerodromidan Ispaniyada Airbus kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan CASA C-295 MW rusumli harbiy samolyotida Özbekistonning eng janubiy şahri – Termiz tomon parvoz qildik. 

Foto: Farrux Aliyev / xabar.uz
Foto: Farrux Aliyev / xabar.uz
Foto: Farrux Aliyev / xabar.uz
Foto: Farrux Aliyev / xabar.uz

Harbiy samolyotda ilk bor parvoz qilayotganimiz, aytiş mumkinki, barça jurnalistlar uçun qiziq va maroqli böldi. Qolaversa, çegaraçilar libosida ekanimiz, bizga öziga xoslik taqdim etganiga qaramay, yumşoq örindiqlarda ötirib örganganimiz tufaylidir, atigi 1,5 soatlik parvoz sönggida qandaydir çarçoq sezila boşladi. Termiz aeroportiga eson-omon qönib, harbiy samolyotni tark etarkanmiz, janubning issiq havosi dimoğimizga urildi.

Foto: Farrux Aliyev / xabar.uz