Şu yilning 2 aprel kuni Qöqon şahrining Turkiston köçasida joylaşgan bino oldidagi arça daraxtlari tagidan 3 yoşli öğil bolaning jasadi topildi.

Ötkazilgan tezkor qidiruv-suriştiruv harakatlari davomida, bolani öldirgan qotil özining onasi ekani ma'lum böldi, deb xabar bermoqda Darakçi naşri.

Andijon viloyati Qörğontepa tumani, Ma'murobod qişloği Namuna köçasi 18-uyda istiqomat qiluvçi Saidaxon Tillavoldiyeva Murodjon qizi özining öğli bölgan, 2015 yil 4 noyabrda tuğilgan Firdavsbek Ibrohimjonovni böğib öldirgan. Jinoyatni yaşiriş maqsadida, bolaning jasadini arça tagiga yaşirib qöyadi.

Tezkor tadbirlar davomida, 3 aprel kuni Saida Tilavoldiyeva Toşkent şahrida qölga olingan. 

Saidaxon Tillavoldiyeva turmuşidan ajraşib, ota uyida yaşay boşlagan. Joriy yilning 23 mart kuni esa oilaviy nizo tufayli 3 yoşli öğli bilan ota uyini tark etib, vaqtinça işlaş maqsadida Toşkent şahriga boradi. Lekin farzandi bilan öziga mos iş topa olmaydi. 2 aprel kuni u farzandi Firdavsni vaqtinça qarab turişi uçun tanişi J.Uga qoldiriş maqsadida Toşkentdan Uçköprik tumaniga keladi. Tanişi J.Uni topa olmagaç, yönalişli avtobusda Qöqon şahriga kelib, Qöqon–Toşkent avtobekati hududida öğlini böğib öldiradi va işlaş maqsadida yana Toşkent şahriga qaytadi.

«Sevimli» telekanalining «Zamon» informatsion dasturi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan lavhada, ona öz qilmişining sabablarini aytib berdi.

«Bolani taşlagani Toşkentdan qaytib keldim. Uçköprikka taşlagani kelsam, opa yöq ekan. Keyin uni maşinada Andijonga yubormoqçi edim, ammo bola unamadi. Keyin buni qayga olib boraman, işlaşim kerak, menga joy yöq, buni qayerda qoldiraman, deb öyladim va bolani öldirişga majbur böldim. Qölimda böğib öldirdim, şunga majbur böldim. Uyga qaytay desam, ayam kiritmasdi. Dadam qabul qilişi mumkin edi, ammo ayam kiritmasdi, baribir bola köçada xor bölib ölardi. Öldirganimdan keyin, bağrimga bosib ötirdim, keçirim söradim...» - dedi Tillavoldiyeva.

Ayni paytda qotil ona hibsda saqlanmoqda. Mazkur jinoyat buyiça esa tergov harakatlari olib borilmokda.