Bahraynda yaqinda oçilgan neft koni zaxiralari hajmi 80 mlrd barrelga baholanmoqda. Ta'kidlanişiça, bu hajm butun Rossiyadagi neftning isbotlangan zaxiralariga teng.
Bahrayn neft vaziri Muhammad bin Xalifa al-Xalifaning aytişiça, kon topilgan hududda şuningdek gaz zaxiralari topilgan: ularning hajmi 280-570 mlrd kub metrga baholangan.
Al-Xalifaning aytişiça, yangi konlardagi neft va gaz zaxiralari hajmi Haliburton neft korporatsiyasi va DeGoler and MacNaughton konsalting kompaniyasi baholovçilari tomonidan tasdiqlangan.
Yangi kon qirollikning ğarbiy sohilida joylaşgan. Oxirgi vaqtgaça Bahraynning neft zaxiralari 125 mln barrelga baholanayotgan edi.
Bugungi kunda Bahrayn kuniga 45 ming barrel neft qazib oladi. Mamlakat OPeK a'zosi hisoblanmasa-da, neft narxini barqarorlaştiriş maqsadida uni qisqartiriş közda tutilgan kelişuvga qöşilgan.












