DxOMark nufuzli resursi eng yaxşi mobil kameralar reytingini yangiladi va ilk ikki örinni Huawei P20 Pro va Huawei P20 flagmanlariga berdi.

Huawei P20 Pro — 109 ball

Foto: huawei.com
  • Uç kamera:
  1. 40 megapikselli RGB-sensor, f/1,8 diafragma va 27 mm fokus masofali obektiv;
  2. 20 megapikselli monoxrom sensor, f/1,6 diafragma va 27 mm fokus masofali obektiv;
  3. 8 megapikselli RGB-sensor, f/2,4 diafragmali va 80 mm fokus masofali, şunindek, optik stabilizatsiyali teleobektiv.
  • 40 Mp sensorda fazaviy avtofokus;
  • 4K videos'yomka rejimi;
  • 720p ölçamli soniyasiga 960 kadr çastotali tezlaştirilgan s'yomka.

Smartfon qolgan barça flagmanlarni kamida 10 oçkoga ortda qoldirib, birinçi örinni egalladi. Monoxrom datçikli asosiy va qöşimça modul hatto yoruğlik yetarliça bölmagan inşootlarda ham yuqori tasvir sifati bilan ta'minlaydi. Huawei P20 Pro özining teleobektivi va monoxrom sensori şarofati bilan obektlarni uzoq masofadan ham sifatni yöqotmay suratga oliş imkonini beradi.

Bu smartfonda videoga oliş ham suratga olişdek yoqimli. Ajoyib optik stabilizatsiya, yaxşi avtofokus va juda past şovqin darajasi sizni sifatli videotasvir bilan ta'minlaydi. Videos'yomka sifati uçun 98 ball olgan Huawei P20 Pro smartfoni Google Pixel 2'ni ortda qoldirişga muvaffaq böldi.

Şu tariqa, Xitoy flagmani bozordagi eng yaxşi universal mobil qurilma, deb topildi.