A​dliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi hamda boşqa tegişli idoralarga davlat xizmatlari böyiça elektron axborot tizimi va elektron ma'lumotlar bazasini yaratiş, barça davlat xizmatlari markazlarini optik tolali internetga ulaş böyiça topşiriqlar berildi. ​Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti iştirokida ötkazilgan yiğilişda ma'lum qilindi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabariga köra, davlat xizmatlari körsatiş qamrovi va sifati aholining axborot texnologiyalaridan foydalaniş malakasiga jiddiy e'tibor qaratilgan. Şu bois jismoniy va yuridik şaxslarning bu boradagi bilim va könikmalarini oşiriş, hujjatlarni elektron tarzda taqdim etiş va olişga örgatiş masalasi alohida ta'kidlangan.

Tadbirkorlarga qulayliklarni yanada oşiriş, litsenziyalar va ruxsat beriş tartib-qoidalarini keskin qisqartiriş va soddalaştiriş böyiça körsatmalar berildi.

Xususan, barça ruxsatnoma va litsenziyalarni elektron tizim orqali taqdim etiş imkonini beradigan “Lisenziya” axborot kompleksini töliq işga tuşiriş vazifasi qöyildi.

Yiğilişda sohaga mas'ul rahbarlarning hisobotlari eşitildi. Davlat xizmatlari körsatiş tizimini takomillaştiriş böyiça muhim vazifalar belgilab berildi.

Eslatib ötamiz, davlat rahbarining 2017 yil 12 dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari körsatişning milliy tizimini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoniga muvofiq Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi taşkil etilgandi. 

2018 yil 1 yanvardan “yagona darça” markazlari Xalq qabulxonalari huzuridagi Davlat xizmatlari markazlariga aylantirildi.​ Bugungi kunda mamlakatimiz böyiça 201 ta ana şunday markazlar taşkil etilgan. Ular tomonidan bolalarni maktabgaça ta'lim muassasalariga qabul qiliş böyiça ariza beriş, fuqaroni jamğarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qöyiş, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulaniş, loyiha hujjatlarini kelişiş, quriliş-montaj işlarini amalga oşirişga ruxsat beriş, yakka tartibda uy-joy qurişga ruxsat beriş, suvdan maxsus foydalaniş yoki suvni maxsus iste'mol qiliş uçun ruxsat beriş kabi xizmatlar körsatiş yölga qöyilgan.​