3 aprel kuni Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov Jizzax viloyatiga taşrif uyuştirdi.
Taşrif davomida boş vazir raisligida viloyat markazi Jizzax şahrida, Baxmal, Döstlik, Paxtakor va Zarbdor tumanlarida Xalq deputatlari tuman Kengaşining navbatdan taşqari sessiyalari ötkazildi. Sessiyada taşkiliy masalalar körib çiqildi.
Kun.uz manbasi xabar berişiça, «Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq viloyat hokimi qaroriga asosan viloyat böyiça jami 6 hokim özgardi.
Jizzax şahri hokimi Akrom Bahritdinoviç Raxmonqulov örniga Akbar Safaroviç Şukurov;
Baxmal tumani hokimi Bahriddin Öroloviç Safarov örniga Musa Törayeviç Anarboyev;
Döstlik tumani hokimi Ibrohim Boltaboyeviç Qarşiboyev örniga Uluğbek Yuldaşeviç Uzoqov;
Paxtakor tumani hokimi Narzulla Ğaybullayeviç Qöşboqov örniga Şukrullo Habibullayeviç Boboyev;
Zarbdor tumani hokimi Sanoqul Jöraquloviç Anqayev örniga Narzulla Ğaybullayeviç Qöşboqov;
Zafarobod tumani hokimi v.b Ziyadin Hamidoviç Sayidov örniga Ibrohim Boltaboyeviç Qarşiboyev tayinlangan.
Eslatib ötamiz, Toşkent viloyatining sobiq hokimi Şukrullo Boboyev va Jizzax viloyatining sobiq hokimi Uluğbek Uzoqov ötgan yilning 30 oktabrida 2017 yilgi paxta mavsumida uşbu viloyatlarda hosil qöşib yozişga yöl qöyilgani sababli prezident tomonidan işdan olingandi.









