Yig‘ilishda O‘zbekiston, Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Hindiston va Pokiston vakillari ishtirok etishadi. Hindiston va Pokiston ShHTning a'zolari sifatida ShHT MAT kengashi yig‘ilishida ilk bor ishtirok etadi.
“Yig‘ilish ishtirokchilari IShID jangarilarining Yaqin Sharqdan Afg‘onistonga ko‘chirilayotgani ortida Afg‘oniston hududidan xalqaro terrorchilik guruhlari tomonidan bildirilayotgan tahdidlarning ko‘payotgani mavzusi va ShHTga a'zo davlatlar mutasaddi idoralarining bu tahdidlarga qarshi kurashdagi hamkorligini muhokama qilishadi”, deb ma'lum qilingan ShHT MAT axborot markazida.
Bundan tashqari, yig‘ilishda ShHT davlatlarining 2019-2021 yillar uchun terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurashdagi hamkorlik dasturlari loyihalari, ShHT MAT va BMT Xavfsizlik kengashi aksilterrorchilik qo‘mitasi ijroiya direktorati o‘rtasidagi hamfikrlik va hamkorlik memorandumi, ShHT davlatlari mutasaddi idoralarining “Hizb-ut-Tahrir al Islomi” tashkilotiga qarshi kurashdagi birgalikdagi harakatlari algoritmini tasdiqlash, ShHT davlatlari hududlaridagi turmalarda jazo o‘tayotgan shaxslarning terrorchilik va ekstremistik tashkilotlarga yollanishiga qarshi birgalikdagi choralarni amalga oshirishning borishi masalalari ko‘rib chiqiladi.
Ayni vaqtda ShHT tarkibiga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya, Xitoy, Hindiston va Pokiston kiradi. ShHTning 2004 yilda tashkil etilgan mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilmasi Toshkentda joylashgan.











