Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş va amaldagi hukumatni ağdarişga uriniş kabi jinoyatlarni sodir etişda ayblanayotgan jurnalist Bobomurod Abdullayev 4 aprel kuni Jinoyatlar işlari böyiça Toşkent şahar sudi binosida ötkazilgan navbatdagi sud majlisida guvohning xolis ekaniga şubha bildirdi. Bu haqda sud majlisida iştirok etgan Kun.uz muxbiri xabar beradi.
Ma'lum qilinişiça, sud majlisiga guvoh tariqasida jalb etilgan Çaros Abdullayeva öz körsatmasida "Usmon Haqnazar taxallusi ostida yozilgan maqolalarni tarjima qiliş uçun sudlanuvçi Bobomurod Abdullayevdan 100 AQŞ dollari olganini" aytgan. Guvohning ta'kidlaşiça, bu voqea 2005 yili yuz bergan, şunda Bobomurod eski tanişi Çarosga murojaat qilib, taxminan 10 varaq matnni özbek tiliga tarjima qilib berişini söragan. Buyurtma tugallanganidan söng, jurnalist Abdullayeva Çarosga 100 AQŞ dollari bergan.
"Men matnlarni öqib şubhalana boşladim, ammo naçora, pul kerak edi. Tarjimani qilib berdim. Oradan deyarli 13 yil ötib, Usmon Haqnazar taxallusi Bobomurodga tegişli ekanini bilganimda, vijdonim yöl qöymadi: men qilgan aybimga, ya'ni mana şunday maqolani tarjima qilib berganimdan puşaymonman. Köp vaqt ötib, (sobiq) MXX xatlar bölimiga 2017 yil 25 sentabrda ariza bilan murojaat etdim", deb fikrini yakunladi Abdullayeva.
Biroq, Bobomurod Abdullayev guvohning körsatmasini inkor etib, unga öz munosabatini bildirdi.
"Avvalgi körsatuvlarimda aytganimdek, OzodOvoz saytini taşkil etib, xalqdan kelgan murojaatlarni öz holiça çop etardik. Şunda Çaros Abdullayeva mening rahbarligimda OzodOvoz saytida faoliyat yuritgan. U Haqnazar maqolalari uçun emas, balki murojaatlarni tahrir qilib, tarjima qilgan. Şu mehnati evaziga bir marta emas, har oyda 100 AQŞ dollaridan olgan", deydi sudlanuvçi.
Bobomurodning ta'kidlaşiça, Çaros Abdullayeva (sobiq) MXX xodimlarining kuçli bosimi ostida unga qarşi körsatma bermoqda.
"Men Çarosga qarşi körsatma berib, yozuvlarim ostiga imzo qöyganman. Faqat sanasi qöyilmagan hujjatga oradan ança payt ötib, sentabr qilib belgilaşga majburlaşdi. Hammasini MXX tergovçilari öylab topgan, Çarosni şantaj qilib, uni qörqitişgan", deydi Bobomurod.
Keyingi sud majlisi 9 aprel kuni bölib ötadi.












