Yagona interaktiv davlat xizmatlar portali foydalanuvçilarini xabarnoma orqali sud majlisi töğrisida xabardor qiliş imkoni yaratildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinişiça, sud işlari böyiça tezkor ma’lumot yetkaziş maqsadida Oliy sudning axborot tizimlari yagona interaktiv davlat xizmatlar portali bilan integratsiya qilingan. Portal foydalanuvçilari fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy va ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi işlar böyiça dastlabki sud ma’lumotlari bilan tanişişi ham mumkin.
Bu xizmat joriy etilişi orqali fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining sudga kelib-ketiş bilan boğliq ortiqça xarajatlari hamda vaqt sarfi qisqartirilişi maqsad qilingan. Şuningdek, sud majlisi iştirokçilarining sud majlisi tayinlangani haqida bexabar qoliş holatlariga ham barham beriladi.










