AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞ Meksika bilan çegarasini muhofaza qiliş uçun milliy gvardiyaning 2 mingdan 4 minggaça harbiysini yubormoqçiligini ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Trampning aytişiça, harbiylar Meksika bilan devor qurilmagunça çegarani qöriqlaşadi.
Tramp bu taşabbusning moliyalaştirilişi AQŞ kongressi bilan kelişilgan-kelişilmaganiga aniqlik kiritmagan.
Bu voqealar ortida Meksika prezidenti Enrike Penya Neto AQŞ bilan özaro hurmatga asoslangan muloqotga tayyorligini e'lon qildi.
“Biz ikki tomonlama hurmatga asoslangan muzokaralarga tayyormiz. Biz muzokaralardan körqmaymiz, biroq heç qaçon qörquv sababli muzokaralarga bormaymiz”, deb aytgan Neto.
Ta'kidlanişiça, AQŞning sobiq prezidenti Jorj Buş vaqtida Meksika bilan çegaraga milliy gvardiyaning 6 mingdan köproq harbiysi jönatilgan. Öşanda harbiylar AQŞ federal agentlarini ozod qilişda kömaklaşişgan.












