Xitoy hukumati Jahon savdo taşkiloti (JST)da AQŞning pölat va alyuminiydan işlangan xitoy mahsulotlariga nisbatan bir tomonlama xatti-harakatlaridan norozi ekanini bildirdi. Bu haqida XXR savdo vazirligi ma'lum qildi.
Qöşma Ştatlar mamlakatda "Savdo-sotiqni kengaytiriş töğrisida"gi qonunning 232-moddasiga muvofiq "milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib çiqib" şunday yöl tutgani qayd etilgan.
"Vaşingtonning bunday xatti-harakatlari umumjahon miqyosida qabul qilingan köp tomonlama savdo aloqalarining tolerant tamoyillariga zid keladi, JST qoidalarini jiddiy buziş hisoblanadi, şuningdek AQŞning savdo tösiqlarini kamaytiriş böyiça majburiyatlariga rioya qilmayotganidan dalolat beradi. Xitoyning öz manfaatlarini teng huquqli himoya qilişdan boşqa çorasi qolmadi", - deyiladi idora rasmiy saytida çop etilgan bayonotda.
Çorşanba kuni Pekin JSTga AQŞning 301-modda (1974 yilgi savdo-sotiq töğrisidagi qonun)ga muvofiq xitoy importiga tölovlar kiritişi böyiça tegişli xalqaro taşkilotlarga rasmiy ariza berib, murojaat qilgandi.
3 aprel kuni Vaşington va Pekin örtasidagi savdo aloqalari keskinlaşuvining yangi bosqiçi qayd etildi. Amerika prezidenti Donald Tramp ma'muriyati qöşimça 25 foizli tölovlar kiritiladigan Xitoy mahsulotlari röyxatini e'lon qildi. Bunga javoban XXR davlat kengaşi qöşimça 25 foiz tölov kiritiladigan 106 turdagi Amerika mahsulotlari röyxatini taqdim etdi. Javob çoralarining kuçga kirişi töğridan-töğri AQŞ tomonidan Xitoyga nisbatan rejalaştirilgan qöşimça tölovlarning kiritilişiga boğliq.
Savdo-sotiqni kengaytiriş töğrisidagi qonunning 232-moddasi AQŞ prezidentiga "milliy xavfsizlik manfaatlari yölida" boşqa davlatlarga nisbatan savdo tösiqlarini örnatiş imkonini beradi.












