AQSh Davlat departamenti Saudiya Arabistoniga 1,31 mlrd dollarga o‘zi yurar gaubitsalarni sotish bo‘yicha kelishuvni ma'qulladi. Bu haqda AQShning Mudofaa va xavfsizlik hamkorligi bo‘yicha agentligi (DSCA) xabar berdi.

«Bu qurol-yarog‘ning ehtimoliy sotilishi AQSh tashqi siyosiy maqsadlari amalga oshirilishiga turtki beradi, sababi Yaqin Sharqda siyosiy barqarorlik hamda iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashda muhim o‘rin tutayotgan sherikning xavfsizligini mustahkamlash imkoni paydo bo‘ladi», - deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, Saudiya Arabistoni 180ta o‘zi yurar M109A5/A6 gaubitsani so‘ragan. O‘z navbatida AQSh qurol-yarog‘ni sotish chog‘ida xaridorni ehtiyot qismlari, texnik qo‘llab-quvvatlov bilan ta'minlashga majbur.