CNN telekanalining Pentagonga tayanib xabar berişiça, AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegset Hasanni otuvçilar guruhi yordamida qatl etişni tavsiya qilgan, Tramp esa bu qarorni tasdiqlagan. Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Şon Parnellning sözlariga köra, «2009-yilda Fort-Hudda qurolsiz amerikalik askarlarga qarata öt oçgan jihodçining» qatl etiliş vaqti va joyini Hegset belgilaydi. Parnell şuningdek quyidagilarni qöşimça qildi: «U 13 kişini öldirdi va yana 32 kişini yaraladi. Nihoyat, Hasan uçun jazo kuni yetib keldi».

AQŞ armiyasi mayori va psixiatr bölgan Hasan 2013-yil iyul oyida qasddan 13 odamni öldiriş va 32 ta qotillikka suiqasd qiliş holatlari böyiça aybdor deb topilgan. U aybini tan olgan va «har qanday xatolar» uçun uzr söragan edi.

Ölimga hukm qilingan şaxs - kelib çiqişi falastinlik bölgan AQŞ fuqarosi. U özining maqsadi «noqonuniy uruşda» iştirok etiş uçun Afğonistonga jönatilişi kerak bölgan askarlar ekanini aytgan edi. 2009-yilda u Fort-Hud bazasida tibbiy körikdan ötiş uçun töplangan harbiy xizmatçilarga qarata öt oçdi. Politsiya bilan bölgan otişmada Hasan jarohat oldi va belidan pastki qismi falajlanib qoldi. Hozir u nogironlar aravaçasida harakatlanadi.

Amerika armiyasining otuv bilan qatl etilgan sönggi askari Eddi Slovik bölgan. Bu voqea 1945-yilning yanvarida Fransiyada yuz bergan, deb qayd etdi CNN. Öşanda harbiy tribunal uni qoçqinlikda aybdor deb topgan. Şu bilan birga, telekanalning taʼkidlaşiça, Ikkinçi jahon uruşi davridagi 50 mingga yaqin amerikalik qoçqin harbiylar içida faqatgina Slovik qatl etilgan. General Duayt Eyzenxauer Yevropa frontidagi hal qiluvçi janglar ayni qizigan pallada qoçişni öylaydigan boşqalarga ogohlantiriş bölişi uçun uşbu hukmni ijro etişga buyruq bergan.

«Qoçqinlar» kitobi muallifi, jurnalist Çarlz Glass 2013-yilda otib öldirilgan oddiy askar «yomon jangçi bölmagani, u şunçaki qörqib ketgani» va buning ustiga hokimiyatga öz ixtiyori bilan taslim bölganini aytgan edi. Glassning sözlariga köra, Slovikning xotiniga qatl haqida maʼlum qilişmagan, balki unga «eri Yevropada halok bölgani»ni aytişgan.

1961-yilda amerikalik harbiy xizmatçi ustidan hozirgi kunga qadar sönggi bölib turgan qatl ijrosi amalga oşirildi. Jon Bennet 11 yoşli qizni zörlagani va öldirişga uringani uçun osib öldirildi.

Amerika qonunlariga muvofiq, AQŞ harbiy xizmatçisiga çiqarilgan har qanday ölim hukmi oliy jazoni yengilroğiga almaştiriş huquqiga ega bölgan prezident tomonidan tasdiqlanişi şart.