Germaniyaning Şlezvig-Golşteyn federal yeri sudi Kataloniyaning sobiq yetakçisi Karles Puçdemon uning Ispaniyaga ekstraditsiya qilinişi murojaati körib çiqilgunça 75 ming yevroga turmadan ozod qilinişi mumkinligi haqida qaror çiqardi.

Puçdemon ma'lum şartlar bajarilsa, jumladan garov puli tölansa ozodlikka çiqadi.

Sud, şuningdek, Puçdemonning Ispaniyaga topşirilişi uçun isyonni taşkillaştiriş emas, balki davlat mablağlarini sarflab yuboriş asos bölişi mumkinligiga qaror qilgan.  

Puçdemon 25 mart kuni Yevropa orderiga köra hibsga olingandi.