Prezident Şavkat Mirziyoyev Ösimlik moddalari kimyosi institutida oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar va yoş tadqiqotçilar bilan suhbatlaşdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
“Ertangi kunini tasavvur qilgan, raqobatbardoş bölaman degan davlat albatta ilmga e'tibor berişi kerak. Sizlarning tilingizda aytganda, biz ham mamlakatimizni progressiv va innovatsion rivojlantirişimiz zarur. Buning uçun olimlar, tadqiqotçilar Vatanga xizmat qilişi, ilmiy-texnologik işlanmalarini barça sohalarda, ayniqsa, viloyatlarda joriy etişi kerak”, - dedi Şavkat Mirziyoyev.  

Davlat rahbari mamlakatga kelayotgan har bir xorijiy investitsiyaning muayyan foizi ilm-fanni rivojlantiriş va ilmiy kadrlar tayyorlaşga yönaltiriladigan tizim qiliş böyiça topşiriq berdi. 

Olimlar davlat rahbarining keça qabul qilingan “Respublika oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq tölaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ularga katta xursandçilik, moddiy va ma'naviy rağbat bağişlaganini alohida qayd etdilar. Mamlakatda ilm-fanni rivojlantiriş böyiça öz takliflarini bildirdilar.

Prezident ilm-fan vakillarining ijtimoiy şaroitlarini yaxşilaş masalalariga ham alohida e'tibor qaratdi. Jumladan, ularni uy-joy bilan ta'minlaş böyiça körsatma berdi.