Isroil davlatining Xolon Texnologiya instituti professor-öqituvçilaridan bir guruhi Özbekiston Milliy universitetiga taşrif buyurdi. Ma'lumotlarga köra, ular Fizika, Matematika, Biologiya va Kimyo fakultetlarida doktorantura va magistratura talabalariga ma'ruzalar öqişadi, şuningdek, ÖzMU professor-öqituvçilari bilan hamkorlikda davra suhbatlari va ilmiy-amaliy anjumanlar ötkazişadi.  Bu haqda ÖzMU Axborot xizmati xabar bermoqda.

Isroillik mehmonlar hamkorlikdagi darslar boşlanişi oldidan Xolon texnologiyalar institutining prezidenti Eduard Yakubovning salomini yetkazib, “u 50 yil oldin Özbekiston Milliy universitetining Matematika fakultetini tugatganligini doim faxr bilan eslaşi”ni alohida ta'kidlab ötişdi. 

Fizika fakulteti katta auditoriyasida Innovatsiya markazi rahbari Yakov Damatovning,  Ilm-fan fakulteti lektori Maykl Kiperbergning, Magistratura bölimi boşliği Boris Lembrikovning turli mavzulardagi ma'ruzalari katta qiziqiş bilan tinglandi. 

Foto: ÖzMU Axborot xizmati

Tinglovçilar tomonidan Kvant fizikasi va gipervizorlar bilan boğliq mavzularda berilgan savollarga isroillik olimlar atrofliça javob berar ekan, ÖzMU talabalarining ilm-fanga bölgan qiziqişlari va bilimlarini olqişlaşdi. 

Amaliy maşğulotlar davomida Fizika fakulteti laboratoriyalari va yuqori texnologiyalari Markazi isroillik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. 

Isroillik professor-öqituvçilarning hamkorlikdagi maşğulotlari şu yil 10 aprelgaça davom etadi.