Istanbulning Ğaziosmanpaşa tumanidagi köp qavatli şifoxonada yonğin sodir böldi. Yonğin videosi tvitterda joylaştirilgan.

Videodan alanga şifoxonaning barça qavatlarini qamrab olgani, osmonga qop-qora quyuq tutun kötarilayotganini köriş mumkin. Ma'lum qilinişiça, binoda portlaş ovozlari eşitilgan, uning atrofida yonayotgan buyumlar soçilib yotibdi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, yonğin binoning tomida boşlangan. 

Ayni vaqtda jabrlanuvçilar haqida heç qanday ma'lumot yöq. Bemorlar evakuatsiya qilinganlar, voqea joyiga köplab öt öçiruvçilar yöllangan.

Cumhuriyet naşrining yozişiça, bu binoda 2011 yilda ham yonğin çiqqan. Öşanda yonğin quriliş işlari vaqtida yuz bergan.