Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi «Respublika oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq tölaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-3655-son qarori qabul qilindi. Hujjat Prezident rasmiy saytida e'lon qilindi.

Qaror Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida» 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli qarori ijrosini ta'minlaş, şuningdek, oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq tölaş tizimini yanada takomillaştiriş maqsadida quyidagi çoralar qöllanilişini nazarda tutadi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 1 sentabrdan boşlab bazaviy lavozim maoşlari miqdorlarini tabaqalaştirilgan holda:

  • oliy ta'lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-öqituvçilarining – örtaça 25 foizga va stajyer-öqituvçi hamda fan doktori ilmiy darajasiga ega professor iş haqining miqdorlari örtasidagi tafovutni ikki baravargaça oşiriş;
  • ilmiy-tadqiqot muassasalarining fundamental, amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturlarini amalga oşiriş va innovatsiya işlarida iştirok etayotgan ilmiy xodimlarining — örtaça 25 foizga va stajyer-tadqiqotçi hamda fan doktori ilmiy darajasiga va professor ilmiy unvoniga ega boş ilmiy xodim iş haqining miqdorlari örtasidagi tafovutni ikki baravargaça oşiriş töğrisidagi taklifiga rozilik berilgan.

Belgilab qöyilmoqdaki, 2018 yil 1 sentabrdan boşlab:

  • bazaviy doktoranturada ta'lim olayotgan şaxslarga – ilmiy unvon yoki ilmiy darajaga ega bölmagan (2 yilgaça ilmiy faoliyat tajribasiga ega bölgan) kiçik ilmiy xodimning lavozim maoşi bazaviy miqdorlariga tenglaştirilgan stipendiyalar;
  • doktoranturada ta'lim olayotgan şaxslarga – fan nomzodi (yoki falsafa doktori (PhD) darajasiga va xorijiy davlatlarning tegişli mutaxassislik böyiça unga tenglaştirilgan boşqa ilmiy darajalariga) ilmiy darajasiga yoki ilmiy unvonga ega bölgan yetakçi ilmiy xodimning lavozim maoşi bazaviy miqdorlariga tenglaştirilgan stipendiyalar tölanadi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 1 iyulgaça:

  • oliy ta'lim muassasalarining rahbar xodimlari va professor-öqituvçilari, şuningdek, boşqa xodimlari mehnatiga haq tölaş böyiça bazaviy lavozim maoşlarini;