O‘zbekiston | 14:52 / 06.04.2018
9768
4 daqiqa o‘qiladi

Smart-turizm: Sayyohlar qulayligi uchun Uzbekistan Pass onlayn servisi ishga tushirildi

Toshkent shahridagi LOTTE City Hotel Tashkent Palace mehmonxonasida Uzbekistan Pass onlayn servisining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari shu haqida xabar berishdi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Uzbekistan Pass - sayyohlar va umuman O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishni istaganlar uchun keng xizmatlar spektrini taqdim etuvchi servis. Mazkur servisning yo‘lga qo‘yilishi turistik xizmatlarni yangi bosqichga olib chiqadi va mamlakatda Smart-turizm rivoji uchun jiddiy platforma bo‘ladi. Mavjud servislar va ilovalarning keng ko‘lamli integratsiyasi sabab Uzbekistan Pass mamlakatning har qanday nuqtasidagi sayyoh uchun qulay qo‘llanma va operativ yordamchi bo‘lishi mumkin.

Tadbir davomida shuningdek Uzbekistan Pass va UMS mobil xizmati bilan uzviy bog‘liq mahsulotlar va servislar taqdim qilindi. Xususan, UMS O‘zbekiston operatorlari orasida birinchi bo‘lib turistik sim-kartalar va ikki maxsus tarif-rejasini joriy qildi – Uzbekistan Pass 2000 i Uzbekistan Pass 5000. Ular O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlarga mobil aloqa va Internetdan foydalanish imkonini beradi. UMS shuningdek Uzbekistan Pass navigatoriga mobil Internet trafigi uchun xarajat qilmay, imtiyozli kirish imkonini taqdim etadi. Sayyohlar uchun ikki xil - 5 va 10 dollarlik tariflar taklif etiladi.

Uzbekistan Pass o‘z sayti va mobil ilovasiga ega, uni market yoki v App store'dan yuklab olish mumkin. Kompaniya O‘zbekistonga keluvchilar uchun cho‘ntak formatidagi ko‘p tilli qo‘llanmalarni tayyorlagan, tizimga ulangan foydalanuvchilar ularni mutlaqo bepul qo‘lga kiritishlari mumkin. Unda O‘zbekistonning har bir viloyati, diqqatga sazovor maskanlari, tarixiy qadamjolari, oshxonasi, bayramlari va sayyohlar uchun foydali boshqa ma'lumotlar bor. Bundan tashqari, ilova orqali turpaket sotib olish yoki gid xizmatiga buyurtma berish mumkin.

Sayyohlarning to‘liq xavfsizligi uchun SOS tugmasi ishlab chiqildi. Favqulodda vaziyatlarda sayyoh Uzbekistan Pass servisi mobil ilovasidagi SOS tugmasini bosib, yordam olishi mumkin. Diskont karta egasi bo‘lgan sayoh uni faollashtirgan taqdirda avtomatik ravishda tibbiy sug‘urtaga ega bo‘ladi.

Shuningdek ilovada "Mobil navigator" mavjud. Uning o‘ziga xosligi shundaki, turist borishi kerak bo‘lgan joyni belgilab, avtomatik ravishda yo‘nalish va yetib olish vaqti hamda yaqin oradagi inshootlarga doir to‘liq ma'lumotni oladi. Yangi tizim sayyohga ijaraga mashina olishni yoki taksiga buyurtma berishni taklif qiladi.

Xizmatlar orasida mehmonxonalarda nomerlarni band qilish, aeroportdan va aeroportgacha transfer, aviachiptalar xarid qilish va ko‘plab boshqa servislar taqdim etilgan.

Tejamkorlik maqsadlarida foydalanuvchilarga Uzbekistan Pass diskont kartalari taklif etiladi. Uning egalariga mehmonxonalar, kafe va restoranlar, madaniy-tarixiy inshootlarda, shuningdek o‘zbekistonlik hunarmandlarning suvenirlarini xarid qilish va avtomobil xizmatlarida chegirmalar taqdim etiladi. Mazkur diskont karta chegirmalari umumiy miqdorda 70 foizgacha bo‘lishi mumkin.

Ta'kidlash joizki, ushbu servis O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3217-sonli "2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirishga doir dastlabki chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi va 3514-sonli "Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorlari ijrosini ta'minlashga qaratilgan dasturning bir qismi hisoblanadi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi "Tadbirkorlik, innovatsiyalar va texnologiyalar yili" doirasida mazkur servisning ishlab chiqilishi va yo‘lga qo‘yilishiga faol ko‘mak berdi.

 

Mavzuga oid