Turkiya ğarbidagi Eskişahar şahrida joylaşgan Usmonğozi universitetida röy bergan otişma oqibatida kamida tört kişi halok böldi. Bu haqda NTV telekanali xabar bermoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, otişma pedagogika fakulteti binosida röy berdi, universitet xodimi öz hamkasblarini öqqa tutgan.
Voqea joyiga tez yordam maşinalari yetib keldi.
Telekanal xabariga köra, öquv muassasasida otişma sodir etgan universitet xodimi qölga olindi.
Qayd etilişiça, hodisa pedagogika fakulteti binosida röy berdi, qurbonlar orasida – uning xodimlari. Voqea sabablari va tafsilotlari aniqlaştirilmoqda.












