Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Virgin kompaniyasi Hyperloop yo‘lovchi kapsulasini namoyish qildi (video)

Foto: Videodan kadr
Virgin Hyperloop One kompaniyasi Ilon Mask loyihasi bo‘yicha tezyurar transport tizimi uchun yo‘lovchi kapsulasining to‘laqonli ishchi prototipini ko‘rsatdi.
Vision 2030 Hyperloop Pod nomli yangi prototip Virgin Galactic’ning Kaliforniyadagi Moxava cho‘lidagi poligonida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning AQShga tashrifi vaqtida namoyish qilingan.
Virgin Hyperloop One uchun Saudiya Arabistoni tizimni rivojlantirishda ustuvor davlatlardan biri hisoblanadi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, yangi transport turi tezyurar poyezdlardan bir necha barobar tezroq harakatlanadi va qirollik bo‘ylab harakatlanishda vaqtni ancha qisqartirishga imkon beradi.
Misol uchun, Ar-Riyoddan Jiddaga hozirgi 10 soat o‘rniga bor-yo‘g‘i 76 daqiqada, BAA poytaxti Abu-Dabiga esa 8,8 soat o‘rniga 48 daqiqada yetib olish mumkin bo‘ladi.
Virgin Hyperloop One ko‘rsatilgan prototip qanday tezlikka erisha olishi borasida aniqlik kiritmagan. 2017 yil dekabrda kompaniya kapsulani 387 km/soat tezlikkacha tezlashtira olgan, bu esa kompaniya erishmoqchi bo‘layotgan tezlikning uchdan birini tashkil qiladi.

Tavsiya etamiz
Dunyodagi eng aqlli odam e’lon qilindi
Jahon | 18:34 / 06.10.2025
7 oktyabr voqealariga 2 yil: kim nimaga erishdi?
Jahon | 16:43 / 06.10.2025
Toshkent havosi iflosligi bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqdi
O‘zbekiston | 11:00 / 06.10.2025
Rossiyada benzin taqchilligi kuzatilmoqda – fotosuratlar
Jahon | 18:21 / 05.10.2025
So‘nggi yangiliklar
-
SMS’dan Telegram’gacha: Infobip mijozlar bilan muloqotda har bir rahbar bilishi kerak bo‘lgan asosiy tendensiyalar bilan o‘rtoqlashmoqda
O‘zbekiston | 18:00 / 08.10.2025
-
Bahodir Jalolov professional boksdagi navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:10 / 08.10.2025
-
Los-Anjyelesdagi dahshatli yong‘in ishi bo‘yicha gumonlanuvchi qo‘lga olindi
Jahon | 22:43 / 08.10.2025
-
Xitoy hukumati ijtimoiy tarmoqlarda yangi senzura kampaniyasini boshladi
Jahon | 22:20 / 08.10.2025
Mavzuga oid

20:40 / 22.05.2021
Virgin kompaniyasi kosmik turistlar uchun mo‘ljallangan kemasi sinovini boshladi

21:27 / 09.11.2020
“Hyperloop” transport tizimi ilk bor yo‘lovchilar bilan birga sinovdan o‘tkazildi

09:03 / 15.04.2020
Niderlandiya Yevropadagi beshta shaharni Hyperloop liniyasi bilan bog‘lamoqchi

10:59 / 03.10.2018