Hyperloop tezyurar poyezdlari loyihasini amalga oşiriş bilan şuğullanuvçi Hyperloop Transportation Technologies (HyperloopTT) kompaniyasi poyezdning dunyodagi ilk töliq ölçamli yölovçi kapsulasini taqdim qildi. 

Quintero One deb nom olgan kapsula Ispaniyaning Puerto-de-Santa-Mariya şahrida taqdim etilgan. U HyperloopTT’ning hamkori hisoblanuvçi Airtificial kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan. 

Kapsulaning uzunligi 32 metrni, oğirligi 5 tonnani taşkil qiladi. Ma'lum qilinişiça, kapsula 28 nafardan 40 nafargaça yölovçini taşiy oladi. Unda bir kunda bir liniyada 164 minggaça yölovçini taşiş mumkin. Kapsula kompaniyaning Tuluzadagi tadqiqot markaziga jönatiladi va u yerda maxsus trekda sinovdan ötkaziladi.

Hyperloop poyezdlari yaratiş ğoyasi SpaceX rahbari Ilon Maskka tegişli hisoblanadi. Biroq u öz ğoyasini hayotga tatbiq etmagan va 2013 yilda uni oçiq foydalanişga qöygan. Ayni vaqtda bu ğoyani amalga oşiriş bilan bir neçta kompaniya, jumladan, Hyperloop Transportation Technologies va Hyperloop One şuğullanmoqda.

Yuqori tezlikdagi tizim yopiq quvurdan iborat bölib, uning içida poyezd soatiga 480 kilometrdan 1220 kilometrgaça yura oladi. Ğoya muallifining fikriça, bunday yuqori tezlikka relslarga işqalaniş va havo qarşiligi yöqligi evaziga erişiş mumkin böladi.