Özbekiston Respublikasida Haj va Umra mavsumlarini namunali taşkil etiş işlari “Haj” va “Umra” tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş masalalari böyiça Jamoatçilik kengaşi qarorlari asosida amalga oşirilmoqda.

Din işlari böyiça qömita matbuot xizmatining xabar berişiça, Haj mavsumiga tayyorgarlik işlari Özbekiston Respublikasi Haj delegatsiyasining Saudiya Arabistoni Podşohligi Haj va Umra işlari vaziri bilan bölib ötgan uçraşuviga asosan mavsumni namunali, tartibli va eng yuqori darajada ötkazişga kelişib olindi.

Haj mavsumida özbekistonlik ziyoratçilarga xizmat körsatiş uçun soha mutaxassislaridan iborat 230 nafar malakali işçi guruhi, guruh rahbarlari, tibbiyot guruhi, oşpazlar guruhi safarbar etiladi. Mazkur işçi guruhi haj mavsumida ziyoratçilarning ibodatlarini emin-erkin va töla-tökis amalga oşirişlarini ta'minlaydilar.

Şuningdek, ziyoratçilarimizga muqaddas şaharlarda joylaşgan eng zamonaviy hamda barça şaroitlarga ega bölgan mehmonxonalar xizmat körsatadi. Ziyoratçilar nafaqat mehmonxonalarda balki, Mino-Muzdalifa-Arafot vodiylarida ham uç mahal issiq ovqat, 24 soat issiq çoy va tibbiy xizmat bilan ta'minlanadilar. Şuni ta'kidlaş zarurki, bu xizmatlar köpgina boşqa davlatlar ziyoratçilariga körsatilmaydi.

Bu yilgi haj mavsumi taşkiliy işlari boşlandi. Ziyoratçilarni turli kasalliklarga qarşi vaksina bilan emlaş işlari joriy yilning 25 aprel kuniga qadar davom etişi belgilandi. Şuningdek, 2018 yilgi Haj mavsumi uçun sarf xarajatlari eng yuqori darajada körsatiladigan barça xizmatlarni e'tiborga olgan holda hamda Jamoatçilik kengaşining qaroriga asosan 38 000 000 söm etib belgilandi. Bunda albatta Özbekiston Respublikasida xorijiy valyutaning erkin konvertatsiya qilinişi ham e'tiborga olingan.