GoCompare suğurta kompaniyasi mutaxassislari Yevropaning yirik şaharlari yöllaridagi vaziyatni tahlil qilib, haydovçilar tirbandliklarda har yili neça soat ötkazişlarini hisoblab çiqdilar.
Unga köra, Stokholm (Şvetsiya) va Rimda (Italiya) haydovçilar tirbandliklarda eng kam vaqt sarflaydilar – 35 soatdan. 3–5-örinlarni Gannover, Rurştadt aglomeratsiyasi (ikkisi ham Germaniya) va Lozanna (Şveytsariya) egallagan (36 soatdan).
Yevropaning eng tirband yöllari yetakçi öntaligi esa quyidagiça köriniş olgan. E'tiborlisi, bu öntalikdan Rossiyaning 5 ta şahri örin olgan.
1. Moskva (Rossiya) — 91 soat
2. London (Buyuk Britaniya ) — 73 soat
3. Parij (Fransiya) — 65 soat
4. Istanbul (Turkiya) — 59 soat
5. Krasnodar (Rossiya) — 56 soat
6. Tsyurix (Şveytsariya) — 54 soat
7. Sankt-Peterburg (Rossiya) — 53 soat
8−9. Soçi (Rossiya) — 49 soat
8−9. Myunxen (Germaniya) — 49 soat
10. Nijniy Novgorod (Rossiya) — 47 soat
Dunyo miqyosida esa Moskva Los-Anjyelesdan keyin 2-örinda turibdi. AQŞning eng yirik şaharlaridan birida haydovçilar har yili yöllardagi tirbandliklarda 102 soat ötkazişga majbur böladilar. Kaliforniya megapolisi bu maqomni qatorasiga 6 yildan beri boşqa şaharga “bermayapti”.











