Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol-Soniy erkaklar uçun majburiy harbiy xizmat muddatini 3 oydan bir yilgaça uzaytiriş haqidagi qonunni imzoladi. Qonunga köra, ayollar ham harbiy böla olişadi. Bu haqda Qatarning QNA axborot agentligi ma'lum qildi.
Yangi qonunga köra, 18 yoşdan katta ayollar köngilli tarzda armiyada xizmat qiliş huquqini olişdi.
“Qatar fuqarolari, 18 yoşdan 35 yoşgaça bölgan erkaklar harbiy xizmatni ötaşga majburlar. Vatanga xizmat ayollar uçun köngilli hisoblanadi”, deyilgan yangi qonunda.
Qonunda harbiy xizmatdan qoçişga uriniş uçun 3 yillik qamoq jazosi va 50 ming Qatar riali (15 ming dollar) miqdorida jarima közda tutilgan. Qatarlik erkaklar 18 yoşga tölganlaridan 2 oy ötib armiyaga borişlari zarur.
Bundan taşqari, Qatarda harbiy xizmat akademiyasi taşkil etiladi.
Qatarning “Ar-Rayi” rasmiy naşrining ta'kidlaşiça, uşbu qonunning qabul qilinişi Qatarning mintaqadagi qöşnilari tomonidan blokada qilinişi, mamlakat suverenitetini tahqirlovçi şartlar bajarilişi talab qilinayotgan hozirgi şaroitlarda zaruriy hisoblanadi. Şu sababli qonun jamiyat tomonidan qöllab-quvvatlangan.












