Germaniya IIV rahbari Xorst Zeyexofer ma'lum qildiki, Myunsterda odamlar ustiga yuk taşuvçi avtomobilni haydab borgan şaxs yolğiz harakat qilgan va uning harakatlarida terrorçilik izlari topilmagan. Ayni vaqtda tergov jarayoni davom etmoqda.

«Hozirda uşbu harakat yolğiz jinoyatçi, terrorizmga aloqador bölmagan şaxs tomonidan sodir etilgani tasdiqlangan taqdirda ham tekşiruv işlari davom etadi», degan u N24 efirida.

Germaniya prokuraturasi ham uşbu jinoyat motivlarini aniqlay olmadi.

«Ayni vaqtda bizda uşbu hodisani izohlaydigan aniq ma'lumot yöq. Barça yönalişlarda intensiv tekşiruv olib borilmoqda», deya qayd etgan prokuratura vakili.

Şanba kuni Myunsterning tarixiy qismidagi restoran hovlisida ötirgan odamlar ustiga kiçik yuk maşinasi haydaldi. Uşbu hujum oqibatida 2 kişi halok böldi, 20 ga yaqin kişi jarohat oldi.

Avtomaşina haydovçisi 48 yoşli Yyens ismli nemis bölib çiqdi. Uning Zauerland şahrida tuğilib-ösgani, avval mayda jinoyatlari uçun bir neça bor qölga olingani, ruhiy xastalik va joniga qasd qilişga moyilligi bölgani aniqlangan.

Yyens peşonasiga öq uzib, özini öldirdi. Jinoyat quroli bölgan maşina uning nomiga rasmiylaştirilgani ma'lum böldi. Avtomobildan içida şubhali buyum bölgan sumka topildi, biroq voqea joyiga çaqirilgan sapyorlar portlovçi modda aniqlamadi.